Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning senator etib saylanishi keyinga qoldirildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarorining ijrosini keyinga qoldirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
“O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Toshkent shahrida bo‘shab qolgan o‘ringa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida” 2024 yil 1 iyuldagi 1342-son qarori ijrosi keyinga qoldirilsin”, — deyiladi hujjat matnida.
Bunga “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bo‘shab qolgan o‘ringa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘shimcha tashkiliy masalalarni hal etish zarurati vujudga kelganligi” sabab qilib keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Kengashining 104-sessiyasida Toshkent shahrining amaldagi hokimi Shavkat Umurzoqov O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan mazkur vakillik organiga deputat etib saylangan edi.
Mavzuga doir: Shavkat Umurzoqovning shahar Kengashi deputati etib saylangani qonuniymi
Sharhlar