Kiberromantika ortiga yashiringan “ruhiy yengillik” qimmatga tushdi

Foto: Kiberxavfsizlik

Toshkent shahrida yashovchi 23 yoshli M.B. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.500.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi ayol K.G. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi ayol K.G. jabrlanuvchi M.B. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga intim xizmatini taklif qilgan va xizmat ko‘rsatishi uchun oldindan 1.500.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvidagi boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o‘tkazdirib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan va akkauntini qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan ayol K.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.