58-xalqaro kimyo olimpiadasi 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Фото: ЎзА

58-xalqaro kimyo olimpiadasi 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi № 446-F farmoyishida aytilgan.

Olimpiada mamlakat poytaxti Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Hukumat farmoyishiga muvofiq:

  • 2026-yil O’zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibi;
  • 2026-yil O’zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”  tasdiqlandi.

Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • Olimpiadani mamlakatimizda tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Xalqaro kimyo olimpiadasining Boshqaruv qo‘mitasi talablariga muvofiq Olimpiadaga tayyorgarlikning bosh rejasi, dasturi va logotipini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash hamda saytini yaratish;
  • Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirib borish;
  • Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlash;
  • Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda ekspertlarni jalb etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • mahalliy va xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilgan holda, Olimpiadaning Ilmiy qo‘mitasi tarkibini tasdiqlash;
  • Olimpiadaning Boshdaruv qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifini tashkil etish;
  • 2024-yil Saudiya Arabistoni va 2025-yil Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan 56- hamda 57-xalqaro kimyo olimpiadalarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajribasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish maqsadida O’zbekiston delegatsiyasini shakllantirish hamda xalqaro olimpiadalarga yuborish;
  • Olimpiadani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha masalalarni va yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal etish.

Tashkiliy qo‘mita Olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.