Klaudio Raneri: “So’nggi paytlarda juda ko’p takliflar oldim”
Kuni kecha “Roma” Klaudio Ranerini bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. 73 yoshli mutaxassisning so’zlariga ko’ra, so’nggi paytlarda unga ko’plab takliflar bo’lgan.
“Savollarga javob berishdan oldin shuni aytmoqchimanki, so’nggi oylarda “Lester” bilan Premyer-ligada g’olib chiqqanimdan ko’ra ko’proq takliflar tushdi. Men har doim faqat “Roma” yoki “Kalyari”ga qaytishimni aytganman.
To’g’risini aytsam, Dan Fridkinning “Roma”ga qanchalik darajada qayg’urishini eshitib, lol qoldim. Yo’q deb ayta olmadim”, – deydi Raneri.
Ma’lumot uchun, rimliklar hozirda A Seriya turnir jadvalida 13 ochko bilan 12-o’rinda bormoqda.
Ulashish:
Sharhlar