KNAUF Oʻzbekistonda past uglerodli tosh mineral paxta ishlab chiqarish boʻyicha biznesni oʻz tarkibiga qoʻshmoqda
KNAUF va Texnopark kompaniyalari eʼlon qilgan bitim doirasida KNAUF tosh mineral paxta ishlab chiqarish boʻyicha biznes boshqaruvini oʻz zimmasiga olmoqda. Mazkur hamkorlik Toshkent shahridagi elektr yordamida ilgʻor eritish texnologiyasi bilan jihozlangan hamda past CO2 chiqindi darajasini taʼminlaydigan ishlab chiqarish liniyasini qamrab oladi.
2022-yilning oxirida Toshkent shahrida ochilgan zavod tosh mineral paxtadan zamonaviy energiya tejamkor qurilish ishlari issiqlikni ihotalovchi uchun past uglerodli materiallarning keng assortimentini ishlab chiqaradi.
“Mazkur kelishuv yangi mintaqada izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarishga doir faoliyatimizni salmoqli darajada kengaytiradi”, – deydi KNAUF guruhining Bosh hamkorlari spikeri Aleksandr Knauf.
“Markaziy Osiyo oʻzining jadal rivojlanayotgan qurilish bozori va energiya samaradorligiga berayotgan jiddiy ahamiyati tufayli, barqaror, qulay va energiya tejamkor binolarni qurish uchun oʻz sinfida aʼlo hisoblangan materiallarni talab qiladi. KNAUFning mineral paxta bilan izolyatsiyalashga oid xalqaro tajribasini qoʻllagan holda, bizning Markaziy Osiyodagi mijozlarimiz endilikda unumdor yechimlarning yanada keng qatoridan foydalanib, kompaniyamizning mintaqadagi yetakchiligini mustahkamlashga yordam beradilar, shuningdek, turfa ehtiyoj va talablarga mos mahsulotlarni taklif qilgan holda, aʼlo sifatli binolarning qurilishiga hissa qoʻshadilar”.
KNAUF guruhining Bosh hamkori Uve Knotser esa shunday deydi: “Oʻzbekistonning jadal taraqqiyoti, mamlakatda investitsiya iqlimining yaxshilanishiga turtki beruvchi muhim islohotlarning izchil tarzda amalga oshirilishi, bizda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi farovonligining oʻsishi, shu bilan bir qatorda, mintaqada yangi investitsiyaviy tashabbuslarga shayligi borasida qatʼiy ishonch uygʻotadi.
KNAUF Grupp boshqaruvi aʼzosi va KNAUF Insuleyshn yoʻnalishining Yevropa/Yaqin Sharq/Osiyo boʻyicha bosh direktori Dominik Bossan quyidagicha qoʻshimcha qildi: “Ushbu bitim global faoliyatimizni kengaytirish boʻyicha uzoq muddatli rejamiz doirasida strategik qadam hisoblanadi. Biz qurilish sohasida ekologik toza va past uglerodli izolyatsiya yechimlariga boʻlgan talabning kundan-kun oʻsib borayotganini teran anglaymiz. Yangi zavod global faoliyatimiz koʻlamini kengaytirib, bizning qulaylik, sifat va ekologik tozalik ustuvor jihatlar hisoblangan istiqbolli binolarni barpo etish singari maqsadimizning roʻyobga chiqarilishiga zamin yaratadi.
KNAUF guruhi
Knauf Group – xalqaro oilaviy kompaniya boʻlib, boshqa qarorgohi Germaniyaning Inxofen (Frankoniya) shahrida joylashgan. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi sifatida jahonning 90 dan ortiq mamlakatlarida 300 dan ziyod ishlab chiqarish maydonlari va savdo vakolatxonalariga ega. Gips asosida qurilish materiallari, energiya tejamkor izolyatsiyalar va izolyatsion materiallar, shuningdek, shift sektorida tizimli yechimlar tayyorlash boʻyicha dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanaladi. 1932-yilda asos solingan KNAUF guruhining 2023-yildagi savdo hajmi 15,6 mlrd yevroga yetdi, kompaniyada 42 500 nafardan ortiq kishi faoliyat yuritadi. KNAUF guruhi haqidagi batafsil maʼlumot bilan www.knauf.com saytida tanishish mumkin.
Sharhlar