Ko‘kdala tumanida Isuzu haydovchisi 100 ga yaqin qo‘yni urib yubordi

фото: ГСБДД

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 17-oktabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi.

Xabarga ko‘ra, hodisa ertalab soat 05:00 atrofida sodir bo‘lgan. Surxondaryo viloyatida yashovchi “Isuzu” rusumli avtomashina haydovchisi “G‘uzor-Samarqand” yo‘lining Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanib ketayotib, 95 bosh mayda molni urib yubordi.

“Hozirda Ko‘kdala tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.