Toshkentning Sergeli tumanidagi ko‘cha bir oyga yopiladi
29-maydan 30-mayga o‘tar kechasi 510 metr eskirgan issiqlik quvurini almashtirish ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan Sergeli tumanidagi ayrim yo‘llarning qatnov qismi yopiladi. Bu haqda Veola Energy kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo‘l harakati cheklovi “Obihayot” ko‘chasi bo‘ylab Sergeli yarmarkasi chorrahasidan “Havas” supermarketigacha bo‘ladi.
Ish hajmi katta bo‘lgani sababli quvur almashtirish ishlari uchun taxminan bir oy vaqt ketadi. Haydovchilardan ushbu davrda aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Ulashish:
Sharhlar