Kodi stavkasi past bo‘lgan kodga o‘zgartirilgan kir yuvish moshinalariga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida bojxona sohasida tadbirkorlarga bir qancha yengillik va imtiyozlar berilmoqda.
Bojxona organlari bojxona nazorati shakllarini qo‘llagan holda ushbu imtiyoz va qulayliklardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilayotganini nazorat qilishmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari viloyat korxonalaridan biri nomiga import qilingan “kir yuvish vositalari” tovarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazganida, ushbu korxona taqdim qilgan Bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning TIF TN kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlanib, 82,6 mln. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan
Boshqa bir holatda, “kir yuvish vositalari” tovarining TIF TN kodi boshqa bir to‘lov stavkasi past bo‘lgan kodga o‘zgartirib taqdim qilinganligi aniqlanib, 161,8 mln. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan.
Mazkur qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarining davlat budjetiga to‘liq undirilishi ta’minlangan.
Sharhlar