Kogon va Pop tumanlarida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo’lganlar ushlandi

Foto: departament

Kogon tumanida fuqaro B.T. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Pop tumanida fuqaro I.S. fuqarolar Z.P. va S.M.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida “V.S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSH dollari va 8,8 mln so‘mni olgan vaqtida dalillar bilan qo’lga tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.