Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi boshlandi

Hozir Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi boshlandi. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova telegramdagi kanalida yozmoqda.

“Prezidentlar shohsupaga ko‘tarilganda protokolga ko‘ra ikki davlat madhiyasi yangraydi. Mehmon bo‘lib kelgan mamlakat davlat madhiyasi birinchi bo‘lib ijro etiladi”, – deb yozadi Qurbonova.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.