Kolumbiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi
21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kolumbiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ektor Isidro Arenas Neyraning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
“Bugun Vazirlikda Kolumbiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ektor Isidro Arenas Neyra janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik. Ikki tomonlama aloqalarimizni chuqurlashtirish, ishbilarmonlik, siyosiy, madaniy hamkorlikni hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish muhimligini ta’kidladik. Janob Elchini yangi lavozimi bilan tabriklaymiz”- deb yozadi vazir telegram kanalida.
Ulashish:
Sharhlar