Konimex tumanida yangi o‘tovli oromgoh barpo etildi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Navoiy viloyati o‘tovli oromgoh hamda safari obyektlari kattaligi va soni jihatidan O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turishini bilarmidingiz?!

Navoiy viloyatining Konimex tumanida yangi barpo etilgan “Yurt Camp Sputnik Navoi” o‘tovli oromgohi sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

“Konimex tumanida bugungi kunda O‘zbekistondagi ilk safari turizm klasteri ko‘rinishidagi o‘tov oromgohi ochilgan 2 gektar maydonda 30 ta o‘tov mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsata oladi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Navoiy viloyati o‘tovli oromgoh hamda safari turizm obyektlari kattaligi va soni jihatdan O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turadi. Hududda bugunga qadar jami 855 o‘ringa ega 7 ta o‘tov lagerlar faoliyat yuritib kelmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.