Konservatorlar fraksiyasi Sholtsni Putinga qilgan qo‘ng‘irog‘i uchun tanqid qildi

шольц германия украина помощь
Фото: Википедия

Bundestagdagi “XDS/XSS” fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Yurgen Xardt Deutschlandfunk nashriga bergan intervyusida Kreml “qo‘ng‘iroq faktini kuch emas, zaiflik belgisi sifatida tushunadi”, dedi.

Sholts, ichki siyosiy sabablarga ko‘ra, Putinga “targ‘ibot muvaffaqiyatiga” erishishga yordam berdi, deb hisoblaydi Xardt. Uning fikriga ko‘ra, Germaniya kantsleri Kreml faqat “kuch signallari” ni, masalan, Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada oshirish tahdidini tushunishiga qaramay, “aniq yangi takliflar kiritmadi yoki hatto ultimatum ham ilgari surmadi”.

“SDPG”Bosh kotibi Matias Mirsh hukumat boshlig‘i va uning partiyadoshi himoyasiga so‘zladi. Ukrainadagi urush bilan bog‘liq masalalarda diplomatik taraqqiyotga erishish muhim, dedi u Deutschlandfunk  bilan suhbatda.

Sholts va Putin o‘rtasidagi telefon suhbati 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, u 2022-yil dekabridan beri siyosatchilar o‘rtasidagi birinchi muloqot bo‘ldi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.