Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati belgilandi

Foto: oliygoh.uz

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.