Kontrakt to’lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin

Foto: yuz.uz

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

  • kontrakt;
  • ipoteka kreditlari;
  • nodavlat bog’cha va maktablar.

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot

Ma’lumot uchun, 1-avgustdan boshlab to’lovlardan 12% qaytarib olish uchun yosh cheklovi olib tashlanmoqda.

Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.