O‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari belgilandi
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov muddatlari belgilandi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Ushbu muddatlar quyidagicha:
— belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
— belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Sharhlar