Toshkentda Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik avgustgacha yopiladi

Фото: Хокимият Мирзо-Улугбекского района

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Buyuk Turon” ko‘prigida harakat vaqtinchalik cheklanadi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Temur Malik ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ushbu ko‘prik 20-iyun soat 21:00 dan boshlab, 2024-yil 1-avgust kuniga qadar avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

Buyuk Ipak yo‘lidan harakatlanayotgan avtoulovlar Temur Malik yo‘li bilan aylanib o‘tib, o‘z harakatlarini davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Avtoulovlarning harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yo‘llar kesishmasida maxsus svetoforlar o‘rnatildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.