Toshkentda “Anhor Lokomotiv” bog‘i yonidagi ko‘prik vaqtinchalik yopildi
23-maydan 25-mayga qadar Abdulla Qodiriy koʻchasidagi ko‘prik transport vositalari harakati uchun yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘prik Labzak ko‘chasi bilan chorrahada joylashgan bo‘lib, “Anhor Lokomotiv” bogʻi, “Ramada Tashkent” mehmonxonasi va boshqalar boʻylab oʻtadi.
Taʼmirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan haydovchilarga ish vaqtida muqobil yo‘lnalishlardan foydalanish tavsiya qilindi.
Ulashish:
Sharhlar