Koreya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston multimodal yo‘nalishida konteyner poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
26-iyun kuni Xitoyning Lyanyungan portida Janubiy Koreya, Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekiston temiryo‘l ma’muriyatlari tashabbusi hamda “SJ Logistics Group” korxonasi hamkorligida Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Koreya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston” yo‘nalishida birinchi konteyner blok poyezdi qatnovining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Janubiy Koreya milliy temir yo‘llari agentligi direktorlar kengashi raisi Xan Vensi, Lyanyungan shahri meri o‘rinbosari Jen Don, CRCT korxonasi bosh direktori Chjon Chen, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Logistika va marketing departamenti boshlig‘i Oybek Jabarov, “KTJ Ekspress” AJ bosh direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Orazov, Lyanyungan porti direktorlar kengashi raisi Yan Long va “SJ Logistics Group” direktorlar kengashi raisi Lyu Tsziye ishtirok etdilar.
Mazkur yo‘nalishda tashishlarni davom ettirish ikki davlat o‘rtasidagi yuk hajmlari oshishiga va joriy geosiyosiy vaziyatda logistika zanjirlarini uzluksizligini ta’minlashga hissa qo‘shadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur yo‘nalishda doimiy ravishda konteyner poyezdlari qatnovi amalga oshirilishi reja qilingan.
Sharhlar