Koreyaga ishlash uchun borgan ikki nafar yurtdoshimiz ish joyidan qochib ketdi
Migratsiya agentligining xabar berishicha, joriy yilning 11-noyabr kuni Ye-9 ishchi vizasi orqali Koreyaga 100 nafar yurtdoshimiz jo‘nab ketgan. Ularning orasidan ikki nafari (Samarqand va Jizzax viloyatlaridan) oradan 3-4 kun o‘tganidan so‘ng o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan.
O‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlamasdan, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki huquqbuzarning mahallalariga mas’ullar bordi va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilindi. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Koreyada ish joyini sababsiz tashlab ketsa, oradan o‘tadigan har bir oy uchun kafillikka olgan qarindoshiga 2000$ jarima qo‘llanilishiga asos bo‘ladi.
Sharhlar