O‘zbekistonlik talaba koreys tili xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi

Фото: ЎзА

Seulda Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “KBS” markaziy telekanali tomonidan tashkil etilgan “Quiz on Korea 2024” koreys tili va madaniyati xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan mazkur tadbirda O’zbekiston sharafini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Mohira Ergasheva munosib himoya qildi, deb yozadi O’zA.

21 davlatdan kelib Koreya tarixi, iqtisodiyoti, ijtimoiy tuzumi, tili va madaniyati sohasidagi bilimini sinovdan o‘tkazgan iste’dodli talabalar orasida O’zbekiston vakili g‘oliblikka erishdi.

Ushbu tanlov bu yil 13-bor o‘tkazilishidir. Unda O’zbekiston vakillari avval ham muvaffaqiyatli qatnashgan. Mohira Ergashevaning natijasidan so‘ng sovrindorlar safidan joy egallagan o‘zbekistonlik talabalar soni uch nafarga yetdi. 2012-yil Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Hulkar Erdonova, 2022-yil esa Koreya jamg‘armasi stipendiyasi dasturi loyiha koordinatori Sa’dulla Ibragimov ham bosh mukofotni qo‘lga kiritgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.