Korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o‘tgan yilgiga nisbatan kamaygan

Фото: adu.uz

O‘tgan yili Respublika bo‘yicha jami 6 535 nafar shaxs korrupsiyaga oid qonunbuzarlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu ko‘rsatgich 2022 yilga 7 414 nafar shaxsni tashkil etgan va bu yili  javobgarlikka tortilganlar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, “javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar shaxsning 1 076 nafari yoki 16,4 foizi  ozodlikdan mahrum etilgan”.

Eng ko‘p sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish – 2 067 (2 145), pora berish – 894 (1 061), firibgarlik – 769 (937), pora olish -121 (155) va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish – 125 (117) hisoblanadi.

2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon 971(913), Sirdaryo 472(459), Surxondaryo 332 (302) viloyatlarida oshgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.