Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Majburiy ijro byurosida ishlarning asossiz yopilishini aniqladi

наручники
Фото: спутник

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan o‘z e’tiborsizliklari oqibatida fuqarolarga va davlatga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilgan ijro ishlarini asossiz yakunlaganligi aniqlandi. 200 ta ijro ishida 202,9 mlrd.so‘mlik huquqbuzarliklar aniqlangan.

Masalan, “S. B” MChJdan 19 mlrd.so‘m va  B” va “P. P” MChJdan 179,2 mln. so‘m soliq qarzini davlat foydasiga undirish bo‘yicha ishlar tugatilgan va qarzlar undirilmagan. “SCG”, “R. F. P.”,  “Ya. M. S. E. T” MChJdan, ushbu kompaniyalarning joylashuv manzili aniq bo‘lsa-da, jami 47,4 mlrd.so‘mlik qarzlarni undirish bo‘yicha ishlar yakunlangan.

Bundan tashqari, qarzdorlarda ro‘yxatga olingan mol-mulk mavjudligiga qaramay, bir qator korxona va jismoniy shaxslardan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ishlar yopilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.