“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi
2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan mazkur platforma orqali barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda bepul taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari esa, maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda bir marta majburiy malaka oshiradilar. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Virtual akademiyada:
- korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari;
- korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati;
- korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va jamiyat rivoji uchun salbiy ta’siri hamda boshqa bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
To’liq ma’lumot yuqoridagi rasmda berilgan.
Ulashish:
Sharhlar