“Korzinka” o’ziga qo‘zg‘atilgan ishda aybdor deb topildi

Фото: korzinka.uz

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i (“Anglesey Food” MCHJ XK) tomonidan joylashtirilgan reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganligini haqda xabar berilgan edi.

Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi “Anglesey Food” MCHJ XK aybdor deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy  jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, unga ushbu reklama bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot o‘rnida, vakolatli organning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon sudga murojaat qilish huquqiga ega.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.