Krasnoe Selodagi Lenin haykali tahqirlandi
Oktabr inqilobining yilligi kuni Qizil Selodagi bog‘da bolsheviklar Vladimir Lenin haykali ustiga noma’lum shaxslar “Iuda(sotqin) va qotil” deb yozib ketishdi.
Mazkur tahqirlash harakati tasvirlari ijtimoiy tarmoqdagi mahalliy guruhlarda paydo bo‘lgan. Bu hodisa haqida xabar berilgach, politsiya hodisa joyiga yetib borgan va bu ishni qilgan shaxsni aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlari olib borishni boshlanagan.
Bunday holat birinchi marta bo’layotgani yo‘q. 2017-yilda, Oktabr to‘ntarishining yuz yilligi arafasida noma’lum shaxslar Lenin haykaliga bo‘yoq sochib, ko‘krak qismiga “qotil” deb yozib ketishgan, shuningdek, daraxtlarga Lenin so‘zlaridan iborat so’zlar yopishtirishgan edi.
Ertasi kuni kommunal xizmat xodimlari yozuvni o‘chirib tashlashgan va harakat ishtirokchilariga nisbatan vandalizm bo‘yicha jinoiy ish qo’zg’atishgan.
Sharhlar