Saida Mirziyoyeva kreativ iqtisodiyot bo‘yicha konferensiyada qatnashdi
2-oktabr kuni Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi. Bu haqda ushbu konferensiyada ishtirok etayotgan Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
“Bugun Toshkent shahrida ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun muhim voqea — Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi. 80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi kreativ sohalar kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish uchun bir joyga jam bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Konferensiya 4-oktabrga qadar davom etib, uning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2030-yilgacha Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi va 2025—2026-yillarda uni amalga oshirish davlat dasturi loyihalari ishlab chiqiladi.
Sharhlar