Kredit tarixini “muzlatib” qo‘yish imkoniyati yaratildi

Фото: bankers.uz

Endilikda o‘zbekistonliklar o‘z kredit tarixini o‘rganilishini cheklab qo‘ysa bo‘ladi. “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit tarixi bo‘yicha ma’lumotlarni himoya qilish uchun “Freeze” xizmatini ishga tushirdi.

Mazkur xizmat orqali o‘zbekistonliklar o‘zlariga tegishli kredit tarixi ma’lumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan (yangi kredit buyurtmalari bo‘yicha) “KATM” Kredit byurosidan olinishini cheklab (taqiqlab) qo‘yishlari mumkin bo‘ladi va kredit tarixi ularning xabarisiz o‘rganilishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Muhim: Bunday holatda ularning o‘zlari ham bankka murojaat qilganda kredit ololmaydi. Kredit olish uchun “Freeze” xizmatini o‘chirib turish kerak.

Ushbu xizmatdan foydalanish 2025-yil 1-yanvargacha bepul hisoblanadi. Keyin esa BHMning 0,03 barobari miqdorida (hozirda 10 200 so‘m) to‘lov qilinadi.

Xizmatdan portal.infokredit.uz/login orqali foydalanish mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.