Kremlparast botlar G‘arbga yadro zarbasi bilan tahdid qila boshladi

ATACMS
Фото: Handout via REUTERS

1122 ta bot allaqachon AQShning Ukrainaga Rossiya hududiga hujum qilish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga bergan ruxsatiga bag‘ishlangan bir necha yuz postlar ostida 3 mingga yaqin izoh qoldirgan. Bunga “Botnadzor” Telegram kanali e’tibor qaratdi.

Botlar qoldirgan sharhlarning asosiy mavzulari orasida “javob” tahdidlari, Rossiya yadroviy doktrinasidagi o‘zgarishlarni eslatish, AQSh prezidenti Jo Baydenni haqorat qilish, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimini maqtash va Ukrainaga yetarli miqdorda raketa yetkazib berilmagani haqidagi da’volar bor.

17-noyabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani ma’lum bo‘ldi. 19-noyabr kuni “RBK-Ukraina” agentligi Ukraina mudofaa kuchlaridagi manbasiga tayanib, Ukraina qurolli kuchlari Bryansk oblasti Karachev shahri yaqinida, Ukraina chegarasidan 130 km uzoqlikda joylashgan harbiy obуektga ATACMS raketasi bilan zarba bergani haqida xabar berdi. Bu ma’lumotni RF qurolli kuchlari tasdiqladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.