Kriminogen vaziyat yaxshilanishiga xizmat qiluvchi qonun ma’qullandi
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazishni, yarashuv institutiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Senatorlar mazkur qonun aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Qonun bilan mamlakatda kriminogen vaziyatning yaxshilanishiga hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yarashuv institutining ta’sir etish doirasini kengaytirishga zamin yaratiladi.
Sharhlar