“Krokus”dagi terakt ishi bo‘yicha to‘rt nafar gumondorga qo‘yilgan ayblov qayta tasnifladi

фото: ria.ru

Tergov “Krokus Siti Xoll”dagi terakt ishi bo‘yicha to‘rt nafar gumondorga qo‘yilgan ayblovlarni qayta tasnifladi. Bu haqda advokat Aleksandr Yaringa tayanib, “TASS” xabar beradi.

“Ayni damda Aminjon va Dilovar Islomovlar, ularning otasi Isroil Islomov va Alisher Qosimovlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-1-moddasi 3-qismi bo‘yicha qayta ayblov e’lon qilindi”, — deydi advokat.

Ilgari Islomovlar va Alisher Qosimovga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi «b» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati) bilan ayblangan edi. Ayni paytda ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-1-moddasi 3-qismi (terrorchilik faoliyatiga sheriklik natijasida terrorchilik harakatini sodir etish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.