Kubaro Hakimova kumush medalga sazovor boʻldi

Foto: Olympic.uz

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamiz hisobida navbatdagi medal. Para yengil atletikachi Kubaro Hakimova F41 klassida kechgan yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi. Kubaro murosasiz bahslarda 10.36 metr natija qayd etdi.

Mazkur yoʻnalishda ishtirok etgan boshqa bir sportchi Madina Muxtorova 8.10 metr bilan sakkizinchi boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil qilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.