Rossiya harbiy-dengiz kuchlarini Suriyadan evakuatsiya qildi
Rossiya Suriyaning Tartus shahridagi harbiy-dengiz bazasidan qoʻzgʻolonchilarning tezkor olgʻa siljishi ortidan kemalarini olib chiqishni boshladi, deb xabar bermoqda Naval News.
Nashrning yozishicha, 2-dekabr kuni ertalab Rossiya kuchlarini O‘rtayer dengizida saqlash uchun muhim bo‘lgan “Yelnya” tankeri Tartusdan jo‘nab ketgan. Hozirda Tartusda beshta harbiy kema va bir suv osti kemasi bor. Jumladan, ikkita Gorshkov sinfidagi fregat, bitta Grigorovich fregati, ikkita yordamchi kema va Kilo sinfidagi suv osti kemasi.
Rossiya kemalari olib chiqilgach, Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi tark etilishi mumkin va Rossiya katta ehtimol bilan kemalarni o‘zi Boltiq dengiziga jo‘natadi, deb hisoblaydi nashr.
Avvalroq Pentagon Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiya bilan bog‘lanish uchun ishonch telefonidan foydalangan.
Sharhlar