Kuchli ta’sir qiluvchi 74,8 mln so‘mlik dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tumani bo‘limi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida tumandagi “Tinchlik” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.F” MCHJ rahbari O.Z. MCHJga qarashli dorixonada noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu dorixonadan inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi turli nomdagi jami 1 280 dona umumiy bahosi 74,8 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqida Departamentning matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar