Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi
Paxtobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi, bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament yozmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Qoraqo‘rg‘on” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.A. fuqaro A.A.ga inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 497 dona “Tropikamid” nomli dori vositasini 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida jami 969 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar