Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi
Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek jamoat joylariga borishni cheklashni tavsiya qiladi.
“Imkon qadar ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy ta’lim formatiga (onlayn) o‘tishni tavsiya qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Agar konsullik yordami yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasining Konsullik bo‘limining Call-markaziga murojaat qilish mumkin: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76. Elektron pochta manzili: [email protected].
Ulashish:
Sharhlar