Kusherbaуev: Zaxarova О‘zbekistonga kelishi nomaqbul bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turishi kerak
Rasul Kusherbауev Toshkent maktablaridan birida rusiyzabon bola bilan yuz bergan voqea haqida gapirib, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovani О‘zbekistonga kelishi nomaqbul bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritishni taklif qildi.
“Biz hech qachon Rossiyaning ichki ishlariga, xususan, rus maktablarida sodir bo‘layotgan voqealarga aralashmaganmiz. Bu Rossiya uchun faqat ichki masala.
Shu bois Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarovaning Toshkent maktabidagi voqea bilan bog‘liq О‘zbekistonning ichki ishlariga aralashuvi shunchaki tasodifiy gap emas.
Afsuski, zaharli bayonotlari chegara bilmaydigan Zaxarovaning boshqa xalqlar va mamlakatlarning ichki ishlariga aralashishi ilk bor bo‘layotgani yo‘q.
Bundan tashqari, u О‘zbekistonni bosib olishga chaqirgan rossiyalik siyosatchining xatti-harakatlariga izoh berar ekan, Zaxarova О‘zbekiston haqida kamsituvchi bayonotlarni ham qilganini aytadi.
Shu bois yaqinda Senat tomonidan qabul qilingan qonunga muvofiq, Zaxarovani “О‘zbekistonga kirishi taqiqlangan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati”ga kiritish vaqti keldi. Bu ro‘yxatda u birinchi o‘rinda turishi kerak. Toki bu odam o‘zining haqoratli va shovinistik bayonotlari uchun nihoyat javob bersin”, — deb yozadi siyosatchi.
Qayd etamiz, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova О‘zbekistonni rusiyzabon bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatni baholashga chaqirgandi.
Bunga javoban Oliy Majlis deputati Alisher Qodirov Toshkent maktablaridan birida rusiyzabon bola bilan sodir bo‘lgan voqeaga izoh berib, Rossiya tomoniga О‘zbekistonning ichki ishlariga aralashmaslikni va o‘zining ichki muammolarini hal etishga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.
Sherzodxon Qudratxo‘ja ham bu holat haqida gapirdi. U o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishini nomaqbul deb atadi. Biroq, uning nuqtai nazariga ko‘ra, “tashqaridan bu dahshatli, ammo mahalliy hodisaga millatlararo va tillararo ma’no berishga urinish” ham qabul qilinishi mumkin emas.
Bugun, 27-sentyabr kuni esa, Rossiya Federatsiyasi senatori Alisher Qodirovga hozir ahvoli og‘ir bo‘lgan bir davlatning taqdiri haqida eslatdi.
Sharhlar