Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash uchun 63,4 km tarmoqlar ta’mirlandi

Foto: yuz.uz

2024-2025-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash uchun 63,4 km tarmoqlar ta’mirlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Hududgazta’minot” AJ mutasaddilari ma’lum qildi.

Bugungi kunda respublikadagi 8 milliondan ortiq iste’molchilar uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.

2024-2025 yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash uchun hududlarda 63,4 km tarmoqlar ta’mirlandi, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar uchun 59,1 km yangi gaz tarmoqlar qurildi.

Aholi va tadbirkorlik subyektlaridagi 282 mingdan ortiq ma’nan eskirgan gaz jihozlari xavfsiz, samaradorligi yuqori va energotejamkor jihozlarga almashtirilib, yillik 61,2 mln kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi.

“Mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, bevosita mahallada ishlashga 4,5 mingdan ortiq xodim yo‘naltirildi va tabiiy gaz bilan ta’minlanadigan 6,1 mingdan ziyod mahalla qamrab olindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.