KXDR Yapon dengiziga qarata ballistik raketalar uchirdi

Фото: Anadolu

Janubiy Koreya harbiy qo‘mondonligi Shimoliy Koreyadan sharqiy yo‘nalishda noma’lum ballistik raketa uchirilganini qayd etdi, deb yozadi “Kommersant”. Keyinroq yana bir raketa parvozi qayd etilgan.

Hozircha tafsilotlar noma’lum. Janubiy koreyalik harbiylar parvoz haqida qo‘shimcha ma’lumot yig‘moqda.

KXDR bir hafta ichida ikkinchi marta ballistik raketa uchirmoqda. 26-iyun kuni ertalab Pxenyan Yapon dengiziga qarata snaryad uchirgan edi. KXDR ajralib chiqadigan jangovar qismga ega raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini da’vo qilgan edi. Seul taxmin qilishicha, Pxenyan gipertovushli raketaning sinov parvozini o‘tkazgan va u muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.