KXDR tashqi ishlar vaziri Rossiya Ukrainada “muqaddas urush” olib borayotganini aytdi
01 November 2024
Foto: Sputnik.uz
“Maxsus harbiy operatsiya boshidan buyuk Kim Chen In bizga hech kimga qaramasdan Rossiya armiyasi va xalqiga ularning muqaddas urushida doimiy va kuchli yordam ko’rsatishni buyurgan edi”, dedi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Chxve Son Xi Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog’ida.
Muzokara qismining videosi Rossiya tashqi ishlar vazirligining YouTube kanalida e’lon qilindi.
Chxve Son Xi Rossiya armiyasi va xalqi davlatining suveren huquqlari va xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi “muqaddas kurash”da g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi va Shimoliy Koreya “g‘alaba kunigacha rus do‘stlari bilan birga mustahkam turishini” ta’kidladi.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Sharhlar