Futbol bo‘yicha O‘zbekiston termasi KXDRga qarshi o‘yinga tushadi

Фото: Sports ru

Bugun, 5-sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi Osiyo mintaqasi 3-raundi doirasida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi, deb xabar bermoqda Sports.uz.

Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Termamiz JCh saralashi Osiyo mintaqasining “A” guruhidan o‘rin olgan. Guruhimizdan Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va bugungi raqibimiz KXDR terma jamoasi o‘rin olgan.

O‘yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni o‘monlik  Ahmad Abu Bakar Al Kaf boshqarib boradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.