Surxondaryoda Labo haydab yurgan 7-sinf o‘quvchisining otasiga chora ko‘rildi (video)
Surxondaryo viloyati IIB YHXB xabar berishicha, Angor tumani “Zartepa” mahallasi hududidan Labo rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan voyaga yetmagan bolani (7-sinf o‘quvchisi) shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bir necha marotaba ko‘rib guvohi bo‘lgan. Shundan so‘ng mahallaga biriktirilgan YPX xodimlariga xabar berib, ushbu huquqbuzarlikni bartaraf etishlari so‘ralgan.
Holat Angor tumani IIB YHXG katta inspektori kapitan Sanjar Mengliboyev tomonidan o‘rganilib, bolaning otasi ishtirokida muhokama qilindi va belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ulashish:
Sharhlar