Buxoroda Lacetti 2 kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Фото: Соцсети

2-oktabr kuni soat 05:54 larda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Eski-qal’a” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-76-sonli avtomobil yo‘lining 1-km.da O.M. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobil Qorako‘l tumani markazidan Avtoboshbekat tomon harakatlanib borayotgan vaqtida 15-sonli IDUM to‘g‘risida joylashgan tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘ziga nisbatan o‘ngdan chapga o‘tayotgan ikki nafar piyodalarni urub yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Hodisa natijasida bir nafar piyoda olgan tan jarohatlari tufayli Qorako‘l tuman kasalxonasida vafot etgan. Ikkinchi piyoda hozirgi kunda kasalxonada davolanmoqda.

O‘sha kunning o‘zida holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda haydovchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.