Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevropa Ittifoqi davlatiga boradi

Foto: Qalampir.uz

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2024-yil dekabr oyida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Maltaga borishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova “Vedomosti”ga. Bu haqida nashr ma’lumotlariga tayanib BBC yozmoqda.

Bu Lavrovning 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi davlatiga ilk tashrifi bo‘ladi.

“Vedomosti”ning eslatishicha, Rossiya TIV rahbari oxirgi marta YeI davlatiga 2021-yil dekabrida tashrif buyurgan – bu ham YeXHT vazirlar kengashining Stokgolmdagi yig‘ilishi bo‘lgan.

Sergey Lavrov 2022-yil fevral oyi oxiridan beri Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniyaning shaxsiy sanksiyalari ostida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.