Lavrovning 28-29-oktabr kunlariga moʻljallangan Toshkentga tashrifi qoldirildi
“Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik. Mamlakatlarimiz Rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb mavzulari, 🇺🇿🇷🇺 keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada boyitish, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvalini muhokama qildik”, -deb yozadi Baxtiyor Saidov o’z telegram sahifasiga.
Ikki davlat rahbarlarining Rossiya va O‘zbekistonning har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qarorlarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikdagi faol ishlarni davom ettirishga tasdiqlandi.
Shuningdek, rejadagi oʻzgarishlar tufayli S.V.Lavrovning 28-29-oktabr kunlariga moʻljallangan Toshkentga tashrifini keyinroq muddatga koʻchirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Sharhlar