Le Figaro Fransiya va Britaniyaning Rossiyaga chuqur zarba berishga ruxsati haqidagi ma’lumotlarni o’chirib tashladi

фото: youtube.com

Le Figaro nashri Fransiya va Buyuk Britaniyadan Ukrainaga yetkazib berilgan uzoq masofali raketalar bilan Rossiya hududiga chuqur zarba berishga ruxsat berilgani haqidagi ma’lumotni olib tashladi. Maʼlumotlar  17-noyabr kuni eʼlon qilingan .

Avvalroq veb-saytdagi maqolada “Fransuz va Britaniya Ukrainaga “Storm Shadow/SCALP” raketalari yordamida Rossiya hududiga chuqur zarbalar berishga ruxsat bergani” aytilgan edi.

Yangilanishdan so’ng, AQSh prezidenti Jo Baydenning uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsati haqidagi ma’lumotlar The New York Times va AFPga havola bilan qoldi.

Maqola sarlavhasida ham uning 17-noyabrda eʼlon qilingani, 18-noyabrda unga oʻzgartirishlar kiritilgani aytilgan .

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.