Belgiyaning dunyoga mashhur restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Belgiyaning Le Pain Quotidien xalqaro restoranlar tarmog‘i va O‘zbekistonning RestofFoods kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Hujjatga ko‘ra, Le Pain Quotidien restoranlar tarmog‘i yaqin vaqt ichida O’zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Le Pain Quotidien xalqaro restoranlar tarmog‘i 1990-yilda Bryussel shahrida Alen Kumon tomonidan tashkil etilgan. Ushbu tarmoqning 260 dan ortiq restoranlari dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida, jumladan, Belgiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Braziliya, Ispaniya, BAA, Kuvayt va Qatarda mavjud.
Le Pain Quotidien’ning mualliflik retsepti asosida tayyorlanadigan mahsulotlar, jumladan non, turli xil salatlar, sendvichlar, ichimliklar, tartaletka va tartinlar xo‘randalar orasida yuqori talabga ega.
Sharhlar