Like uchun otasini kaltaklamoqchi bo’lgan yigit 15 sutkaga qamaldi
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda like uchun otasini kaltaklamoqchi bo’lgan yigit haqidagi video tarqalib, keng muhokamaga sabab bo’lgan edi.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro U.S. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uchun, fuqaro U.S agar videosi 24 soat ichida 100 000 ta like yig‘sa, otasini kaltaklashini, 200 000 ta like yig’sa qariyalar uyiga joylashtirishga va’da bergan edi.
Ulashish:
Sharhlar