Lipetsk viloyatidagi koloniyadan qochgan mahbuslar qo’lga olinmoqda
Lipetsk viloyatidagi koloniyadan qochgan olti mahbusdan avvaliga ikkitasi qo‘lga olingan edi.
Bu haqda gubernator Igor Artamonov ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, mahkumlar Tambov viloyatidan topilgan. Xavfsizlik xizmatlari qolgan qochqinlarni qidirishda davom etmoqda deb xabar bermoqda edi.
Bundan tashqari, Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qililishicha Lipetsk viloyatidagi koloniyadan qochgan olti mahbusning qolgan uchtasi ham qo’lga olingan.
Hozirda qochgan mahbuslarning oxirgisi ozodlikda qolmoqda. Politsiya uni qidirishni davom ettirmoqda.
Ulashish:
Sharhlar