Livanda portlagan peyjerlar Budapeshtda ishlab chiqarilgan

Фото: Соцсети

Tayvanning Gold Apollo kompaniyasi Livan bo‘ylab minglab Hizbulloh jangarilaridagi portlagan peyjerlarni ishlab chiqarishga aloqasi yo‘qligini bildirdi. Taybeyda aniqlik kiritishlaricha, peyjerlar shartnoma bo‘yicha Tayvan brendidan foydalanib, mustaqil ravishda mahsulot ishlab chiqaradigan Vengriyaning BAC Consulting KFT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

“AR-924 peyjer modeli BAC tomonidan ishlab chiqariladi va sotiladi. Biz faqat brendimiz uchun tovar belgisiga ruxsat beramiz va bu mahsulotni ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishda ishtirok etmaymiz”, – deyiladi Gold Apollo bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentyabr kuni Livanda Hizbulloh jangarilari buyurtma qilgan peyjerlar ommaviy ravishda portlagan. Reuters xabariga ko‘ra, Isroil razvedkasi besh mingga yaqin qurilmani portlovchi moddalar bilan to‘ldirgan. Associated Press  agentligining xabar berishicha, portlashlar oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 3000 ga yaqin kishi jarohatlangan, 200 kishi og‘ir ahvolda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.